AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Xorazm "Damas"larining yangi yo`nalishlardagi qatnovi yo`lga qo`yildi

Qator yangi yo`nalishlarning ochilishi va ularda «Damas» avtomashinalari qatnovi yo`lga qo`yilishi natijasida 20 ta yangi ish o`rni yaratildi. Shu bilan birga, aholi, ayniqsa qishloqlar aholisi sifatli avtotransport xizmati bilan ta`minlandi. Bu haqda Avtomobil va daryo transporti agentligining matbuot xizmati xabar beradi.

Yaqinda Denov tumanidagi «Yusuf trans Denov» MChJ tomonidan bank krediti hisobiga 20 dona «Damas» avtomashinalari xarid qilinib, tumanda yangi ochilgan ShYT-310 «Denov Saidota bekati – Chuqur qishloq – Denov Saidota bekati» (Denov Pedagogika kolleji orqali aylanma) hamda ShYT-311 «Denov Saidota bekati – Tibbiyot kolleji» (Zahartepa qishlog`i orqali) shahar atrofi yo`nalishli taksi yo`nalishlariga chiqarildi.

Qayd etish joizki, 2013-2015 yillarda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida viloyatda aholiga transport xizmati ko`rsatishni yaxshilash bo`yicha ishlab chiqilgan nazorat rejasiga asosan, yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar uchun «GM-Uzbekistan» YoAJning Xorazmdagi korxonasida ishlab chiqarilgan 126 dona «Damas» rusumli avtotransport vositalari sotib olinishiga amaliy ko`maklashish belgilangan edi.

 

    Boshqa yangiliklar