Ertaga qit`amizning eng nufuzli musobaqalaridan biri - Osiyo Chempionlar ligasi bahslariga qur`a tashlanadi.
Xabaringiz bor, ushbu musobaqada O`zbekiston klublari uchun 3+1 tarzida o`rin berilgan. «Paxtakor», «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari guruh bosqichida ishtirok etsa, «Bunyodkor» pley-off bosqichidan o`tishi talab etiladi. Ma`lumot uchun, Lushan shogirdlari 17 fevralda Toshkentda BAAning «Al Jazira» klubiga qarshi maydonga tushadilar.
Shunday qilib, ertaga Toshkent vaqti bilan 13:00da Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Shuningdek, OFK qarorgohida kelasi yilgi OChL uchrashuvlarini tashkil qilish bo`yicha o`quv seminari ham tashkil etilishi ko`zda tutilgan.
O`zbekiston klublarning vakillari Malayziyaga bugun jo`nab ketishdi.
Manba: www.uff.uz





