AsosiyJamiyat

Haftaning 5-kuni, soat 5da “MY5”ni qarshi oling

 “Mening yurtim” telekanali ma`muriyatining xabar berishicha, 2014 yilning 12 noyabr kuni sinov efirini boshlagan telekanali oradan roppa-rossa bir oy o`tib, 12 dekabr kuni soat 17:00da rasman o`z faoliyatini boshlaydi.

Ijodiy guruhlari Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining 5 milliondan ortiq teletomoshabinlariga taqdim etiladigan kundalik 20 soatlik efir vaqti davomida o`zbek va boshqa tillarda eng qiziq va kareativ loyihalar namoyish etilishini va`da berishmoqda.   

Yangi nodavlat telekanal muassislari Yoshlar madaniyat va san`at markazi, “Kamolot” YoIH, O`zEOAVMA hamda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar