AsosiyDunyo

Hindiston bosh vaziri “Yil odami” deb e`tirof etildi

Har yili AQShning Time jurnali yil yakuni bo`yicha eng muvaffaqiyatli va mufaffaqiyatsiz kino, san`at, shoular, kitob kabi sohalarda nominasiyalarni e`lon qiladi. Ular qatorida esa ushbu nashrda  “Yil odami” nominasiyasi bo`yicha ham ham turli ijtimoiy va siyosiy soha vakillarining nomlari e`lon qilinadi. Shunga ko`ra, joriy 2014 yil mazkur nominasiyada “Yil odami” nomiga Hindiston bosh vaziri Narendra Modi loyiq deb e`lon qilindi. Bu haqda 1sn.ru nashri xabar beradi.

Ovoz berish yakunlariga ko`ra, Hindiston bosh vaziri uchun 16,2 foiz respondentlar ovoz bergan. Mazkur nominasiya bo`yicha nomi kiritilganlar qatorida Fergyusondagi namoyishlar ishtirokchilari ham bo`lib, ular uchun 9,2 foiz respondent ovoz bergan. Gongkongdagi referendumlarda faol ishtirok etgan Joshua Vong uchinchi (7 foiz), pokistonlik huquq faoli Malala Yusufzay esa to`rtinchi (4,9 foiz) bo`lgan. Beshinchi o`ringa “ebola” virusiga qarshi qahramonona kurash olib borgan shifokor hamda hamshiralar munosib ko`rilgan (4,5 foiz).

Nashr reytingining 6 pog`onasida RF prezidenti Vladimir Putin (4,3 foiz ovoz bilan) bo`lib, AQSh prezidenti Barak Obama undan kamroq (2,2 foiz) ovoz olgan.

Eslatib o`tamiz, jurnal tomonidan o`tgan yili “Yil odami” sifatida Rim papasi Fransisk tanlangan edi.

    Boshqa yangiliklar