Merkel xonim ARD hamda ZDF telekanallariga berayotgan intervyusi chog`ida kutilmaganda o`zini yomon his qildi va bir muddatga intervyuni to`xtatishga to`g`ri keldi.
Birozdan so`ng yana savollarga javob berish uchun intervyu joyiga keldi, biroq uning ko`rinishidan tobi qochganini anglash qiyin emasdi, deya xabar beradi chet el ommaviy axborot vositalari qatorida Zeit-Online nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, u engilgina tamaddi qilib olishiga to`g`ri kelgan. Shundan so`nggina u yana bir necha soat davomida siyosatchilar va OAV xodimlarining savollariga javob bergan.





