"Lokomotiv" va O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya chempionati 17-turidan o`rin olgan "Terek"ga qarshi uchrashuvdan (0:0) so`ng o`z fikrlarini bildirib o`tdi, deb yozmoqda stadion.uz.
"Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo`ldi. Ikkala jamoa ham ancha ehtiyotkorlik bilan harakatlanishdi. Afsus, biz yuzaga keltirgan imkoniyatlardan samarali foydalana olmadik.
Bojovich qo`l ostida hali biror o`yinda mag`lubiyatga uchramadik. Demak, bugungi natijani ijobiy baholasa bo`ladi. G`alaba qozona olmaganimizdan esa afsusdaman.
Joriy mavsumda "Lokomotiv" oldiga qanday maqsad qo`yilgan? Agar ayrim sharhlarni inobatga olsak, chempionat boshida bizni hisobdan chiqarib qo`ygandilar. Biz esa turnir jadvalining yuqorisida turibmiz. Agar hammasi hozirgidek davom etsa, ehtimol, sovrinli o`rinlar uchun kurasharmiz", - deya championat.com SEga tayanib Denisov fikrlarini keltiradi.





