AsosiyDunyo

Nepal tog`larida yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi

Yo`lovchilar bilan to`la avtobus Nepal tog` yo`llaridan biridan chiqib ketdi va natijada 17 kishi halok bo`ldi, 50dan ortiq kishi jarohat oldi, deya xabar berdi polisiya xodimlari. Kesh Bahodur Shohi polisiya vakillari Assoshieyted Pressga avtobus dushanba kuni kechasi tor tog` yo`lidan yurib borganligini va noma`lum sababga ko`ra yo`ldan chiqib ketganligini ma`lum qilishdi.

Voqea poytaxt Katmandudan 400 kilometr g`arbdagi Pokxarakada  qishlog`ida sodir bo`ldi. Avtobus kamida 600 metr pastga dumalab tushgan. Qidiruvchilar 14 kishining tanasini topishgan va yana uch kishi kasalxonaga etkazilgan. Aslida 38 kishiga mo`ljallangan avtobusda 67 kishi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar