AsosiySport

Ebola sabab klublar ishtirokidagi jahon chempionati Marokashdan ko`chmaydi

FIFAning klublar ishtirokidagi jahon chempionati Marokash mamlakatida bo`lib o`tadi. Bu haqda FIFA ma`lum qildi, deb yozmoqda sports.uz.
10-20 dekabr kunlariga belgilangan musobaqa Afrikada tarqalgan Ebola bezgagi tufayli qoldirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, xalqaro futbol tashkiloti bu boradagi mish-mishlarga chek qo`ydi.
– Sog`lom o`yinchilar, rasmiylar va muxlislar FIFA o`tkazayotgan barcha musobaqaning asosiy talabidir. Xalqaro Sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko`ra, Marokashda hali Ebola virusi holati ro`yxatga olinmagan. Bu esa musobaqa joyini o`zgartirishimiz uchun sabab yo`qligini bildiradi, - deyiladi FIFA bayonotida.
Eslatib o`tamiz, aynan ebola virusi tufayli Marokash Afrika kubogi-2015ni qabul qilishdan voz kechgandi.

    Boshqa yangiliklar