Indoneziya sohillarida 7 dekabr, yakshanba kuni kechasi sodir bo`lgan zilzilaning silkinish kuchi 6 magnitudaga teng bo`ldi, deya xabar bermoqda RIA "Novosti".
Epimarkaz Yamdena orolining Saumlaki shahrining shimoliy-g`arbidan 222 kilometr uzoqlikda bo`lgan. Zilzil chuqurligi 117 kilometrga teng. Vayronagarchilik yoki qurbonlar haqida hozircha ma`lumot yo`q.
Ayni paytda TASSning xabariga ko`ra, Yangi Gvineyaning Papua sohillarida ham 6.8 magnitudaga teng er silkinishi kuzatilgan.





