AsosiyDunyo

AQShda ikkiyuzli uzoq yashovchi mushuk o`ldi (video)

Massachusets shtatida ikkiyuzli uzoq yashovchi Frenk va Lui laqabli mushuk o`ldi. Worcester Telegram and Gazettening xabar berishicha, jonivor Tafta universitetining veterinariya klinikasida jon bergan.

Mushuk sohibasi Marta Stivens uning 15 yoshli mushugiga saraton tashxisi qo`yilganligini aytdi. Veterinarlarning aytishicha, jonivorni davolab bo`lmaydi va shuning uchun uni o`zlari o`ldirishgan.

Frenk va Lui ikkita yuz, ikkita og`iz, ikkita burun va uchta ko`z bilan tug`ilgan bo`lib, shuning uchun ham ikkita laqabga ega. Bir necha yillar oldin bu mushuk eng uzoq yashovchi “Mushuk Yanus” nomi bilan “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan edi.

    Boshqa yangiliklar