Jeyms Bond haqidagi filmlar bir necha o`n yillar davomida teleekranlar orqali namoyish etib kelinmoqda. 24-kinokartina 2015 yilning noyabrida taqdim etilishi kutilmoqda, deb yozadi newsofstars.ru.
Filmni suratga olish ishlari joriy yilning 8 dekabr kuni boshlanishi ma`lum bo`ldi. Bondning yangi sarguzashtlari haqidagi ushbu film “Spektr” nomi bilan efirga chiqadi. Bu haqda film rejisseri Sem Mendes ma`lum qilgan. Agent 007 rolini to`rtinchi marta Deniel Kreyg jonlantiradi. Bondning dugonasi rolini ijro etish esa 50 yoshli gollivud aktrisasi Monika Belluchchiga nasib etdi.
Qayd etish kerakki, Monika yosh borasida rekord o`rnatdi. Shu kungacha agent 007ning dugonasi rolini doimiy ravishda yosh aktrisalar talqin qilgan bo`lib, dunyoga mashhur Belluchchi uning birinchi 50 yoshli dugonasiga aylanadi.





