AsosiyDunyo

Filippin kuchli to`fonni kutmoqda: 617 ming kishi evakuasiya qilindi

Tez orada Filippinning markaziy qismiga Xagupit to`foni kelib uriladi. To`fon kelishi kutilayotgan hududdan 617 mingdan ko`proq aholi evakuasiya qilingan. Mamlakat armiyasi safarbarlik holatiga keltirilgan. Falokat sodir bo`ladigan joyga zarur tibbiy vositalar keltirilgan.

Hozir Tinch okeani to`foni mamlakatning sharqiy qismiga etib kelgan, deya xabar qilmoqda "Rossiya 24". Epimarkazdagi shamol tezligi soatiga 200 kilometrdan oshmoqda.

Bir yil oldin Filippinda meteokuzatishlar tarixidagi eng kuchli tropik bron hisoblangan Xayan to`foni sodir bo`lgan. Etti mingdan ortiq kishi uning qurboniga aylangan edi.

    Boshqa yangiliklar