AsosiyDunyo

Belgiyaning sobiq qirolichasi Fabiola vafot etdi

Belgiya qiroli Boduenning rafiqasi sobiq qirolicha Fabiola 86 yoshida hayotdan ko`z yumdi.

"Qirol va qirolicha hazrati oliyalari va barcha qirollik oilasi vaikllari hazrati oliyalari qirolicha Fabiola vafoti bilan chuqur hamdardlik bildiradi. U Bryusseldagi Styuynvenberg saroyida vafot etdi” – deya iqtibos keltirmoqda TASS qirollik saroyining rasmiy xabaridan.

Dona Fabiola 1928 yili 11 iyun kuni Ispaniya aristokratlari oilasida Madridda tavallud topgan. U Belgiya qiroli Boduenga 1960 yili turmushga chiqqan.

    Boshqa yangiliklar