AsosiyDunyo

Kashmirda jangarilar hujumida 11 kishi halok bo`ldi

Pokiston chegarasida joylashgan Kashmir viloyatidagi harbiy lagerga jangarilar hujumi sabab kamida 9 nafar askar va ikki polisiyachi halok bo`ldi.

Xavfsizlik xizmati hamda ekstremistlar o`rtasidagi otishma bir necha soat davom etdi. Olti nafar terrorchi yo`q qilindi, deya xabar bermoqda "Rossiya 24". Harbiy ob`ekt yanada qattiqroq himoyaga olingan. Mahalliy OAVning yozishicha, ushbu to`qnashuv oxirgi olti yildagi eng jiddiysi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar