Mazkur ko`rgazmada dunyoning 120 dan ortiq telekompaniyalari vakillari qatnashdi. O`zbekistondan borgan "Dunyo bo`ylab" telekanali xodimlari bir qator telekompaniyalar taqdim etgan mahsulotlar bilan tanishib qaytdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Jumladan, Germaniyaning Deutsche Welle, Koreya Respublikasining MVS telekompaniyalari dasturlari, shuningdek, Argentina, Meksika, Malayziya, Marokash singari davlatlarning ilmiy-ommabop filmlari iliq taassurot uyg`otdi. Shu bois lisenziya huquqini olish narxlari bo`yicha fikr almashib, kelgusida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi. Muzokara yakunida asosan 2013-2014 yillarda suratga olingan, ND formatidagi hujjatli filmlarni lisenziya asosida namoyish etishga qaror qilindi.
Ko`rgazmaning ikkinchi kunida kontent sotuvchilar bilan uchrashuv o`tkazilib, Marokash, DW, MBC kompaniyalari vakillaridan kontent narxlari, etkazib berish usullari, dasturlarning tili, subtitri haqida batafsil ma`lumotlar olindi. Shuningdek, Hindistonning Viacom 18 distribyutorlik kompaniyasi menejeri Vikrant Tayade bilan ham kelgusida hamkorlik qilish bo`yicha kelishib olindi.
Bundan tashqari, MTRK xodimlari “Arsenal” futbol klubining media kontenti menejerlari bilan jamoa o`yinlarini bevosita translyasiya qilish yuzasidan fikr almashdi.





