AsosiyJamiyat

Biometrik pasport olish yarim yilgacha cho`zilib ketmoqda

O`zbekiston Respublikasida 2015 yil 1 yanvar kuni eski pasportni biometrik pasportga almashtirish muddati rasman nihoyasiga etadi, deya yozmoqda podrobno.uz.

Shu kunlarda butun respublika bo`yicha pasport stollari kuchaytirilgan tartib asosida ishlashmoqda. Biroq pasportni berish muddati bir hafta emas, balki oylarga cho`zilib ketmoqda. Bu to`g`risida Facebookdagi potrebitel.uz guruhida ma`lum qilingan.

Bir foydalanuvchining yozishicha, u pasportini almashtirish uchun Mirzo Ulug`bek tuman IIBga topshirgan va unga rasmga tushish uchun 2015 yil 26 iyun kuni kelishini tasdiqlovchi talon berilgan.

Bunday ma`lumotlar juda ko`p. Avgust oyida topshirganlarga martda, noyabrdagilarni esa kelgusi yilning fevral oyiga kelishlarini aytishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar