AsosiyJamiyat

Samarqandda chiroq bo`ladi: elektr tarmoqlari butunlay ta`mirlanadi

Samarqand viloyatida aholiga beriladigan elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida “Samarqand HETK” jamiyati viloyatdagi elektr tarmoqlarini kapital ta`mirlashni rejalashtirdi, deb yozmoqda uz24.uz nashri.

Rejaga ko`ra, 110-35-6-10-0,4 kuchlanishli 2 ming 700 kmdan ortiq elektruzatgich liniyalari, 200 dan ziyod transformator punktlari, 750 ta tarmoqli transformatorlar hamda 10 ga yaqin kuchli tok transformatorlari butunlay ta`mirlanadi.

Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki ko`magi bilan “100 MVt quvvatga ega quyoshli fotoelektr stansiyalarini qurish” loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilgan. Bunday stansiyalarning ishga tushirilishi Samarqand viloyatining Janubiy-G`arbiy elektr tarmog`i iste`molchilari, xo`jalik ob`ektlari va aholining elektr ta`minotini yaxshilashga umid beradi. Hamda stansiyalarning ishga tushirilishi yiliga 160 GVt/s elektrenergiya ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bu haqda “O`zbekenergo” DAK UZ24 ga yo`llagan xatida ma`lum qilgan.

Bundan avval, samarqandlik fuqarolar xonadonlarida chiroq va gaz muntazam o`chirib qo`yilishi haqida tahririyatimizga murojaat qilgan edi.  

UZ24 tahririyati “O`zbekenergo” hamda Samarqand viloyati hokimligiga mazkur muammo yuzasidan qanday chora-tadbirlar ko`rilishi borasida rasmiy so`rovnoma yubordi.

    Boshqa yangiliklar