AsosiyJamiyat

Samarqand viloyati ko`zi ojizlar maxsus axborot-resurs markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyati ko`zi ojizlar maxsus axborot-resurs markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deya xabar bemoqda O`zA.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
– Axborot-resurs markazi 16 mingga yaqin kitob fondiga ega, – deydi markaz rahbari Lola Sultonova. – Bu kitoblarning asosiy qismini imkoniyati cheklangan kitobxonlarga mo`ljallangan brayl yozuvidagi hamdamagnit lentali adabiyotlar tashkil qiladi. Joriy yilda markaz uchun yangi bino qurilishi bilan birga, umumiy qiymati 20 million so`mlik brayl yozuvidagi maxsus adabiyotlar olib kelinishi rejalashtirilgan.
Markazning yangi binosida qirq o`rinli o`quv zali, kompyuter, ma`muriy va kitob fondini saqlash uchun maxsus xonalar tashkil qilingan. 

    Boshqa yangiliklar