AsosiySport

Mirjalol Qosimov: «Osiyo Kubogiga qadar har bir kundan unumli foydalanish kerak»

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi — 2015’ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov navbatdagi yig`inlar haqida o`z fikrlarini bildirdi, deb xabar beradi «Olamsport».

«Musobaqaga juda kam vaqt qoldi. Shu bois har bir kundan unumli foydalanib qolishimiz kerak. Dastlab 24—29 noyabr kunlari Toshkentda qisqa muddatli yig`in tashkil qilamiz.

So`ngra 1 dekabrdan 14 dekabrga qadar Dubayda o`quv-mashg`ulot yig`inini tashkil etamiz. Bu yig`in doirasida ikki-uch uchrashuv o`tkazamiz. 10 dekabrda Quvayt, 13 dekabrda Falastin bilan o`yinlar bo`lishi aniq.

17—29 dekabr kunlari Dubaydagi ikkinchi yig`in bo`lib o`tadi. 20 dekabrda Iordaniya, oradan besh kun o`tib Iroq, 28 dekabrda yana Iroq terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Keyin Yangi yil bayrami munosabati bilan yigitlarga uch kun dam beriladi. 2 yanvar kuni Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Avstraliyaga yo`l olamiz», — dedi Mirjalol Qosimov.

    Boshqa yangiliklar