2015 yilda Qirg`iziston hududida markazdagi kuchi 6−7 ballga teng bo`lgan zilzilalar ketma-ketligi kutilmoqda. Bu haqda Qirg`iziston Milliy fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori Kantbek Abdraxmatovga asoslanib «Vecherniy Bishkek» xabar berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, Qirg`iziston hududi 2013 yildan seysmik faollikka kirgan bo`lib, bu holat 2014 yilning dekabri va 2015 yilning yanvarida o`z cho`qqisiga chiqadi.
Seysmik xavf eng katta bo`lgan hududlar sirasiga O`sh viloyatining Oloy va Chon-Oloy tumanlari, shuningdek Issiqko`l viloyati kiradi. Er silkinishlari 6−7 balldan yuqori yoki aksincha pastroq bo`lishi mumkinligi aytilgan.





