AsosiyDunyo

Britaniyalik qizlar Evropada eng semiz deb tan olindi

20 yoshgacha bo`lgan britaniyalik qizlar Evropada eng semiz deb e`tirof etildi, mahalliy yigitlar esa ushbu ko`rsatkich bo`yicha Evropadagi tengdoshlari orasida o`ninchi o`rinni egalladi. Bu haqda Pediatriya va bolalar salomatligi qirollik kolleji tadqiqotchilariga tayanib, The Daily Mail xabar berdi.

Ekspertlarning aniqlik kiritishicha, 20 yoshdan kichik bo`lgan britaniyaliklar orasida o`g`il bolalarning 26 foizi va qiz bolalarning 29 foizi semizlikdan aziyat chekadi.

Bundan tashqari, Britaniyada 5 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarning har o`ninchisida ruhiyat buzilishi (shu jumladan depressiya) borligi aniqlandi.

Tibbiy muassasa Evropaning 22 ta davlatidagi bolalar va yosh aholining jismoniy va ruhiy sog`lig`i bo`yicha statistik ma`lumotlarni solishtirdi.

    Boshqa yangiliklar