Miss International 2014 tanlovida Puerto-Rikoda istiqomat qiluvchi Valeri Ernandez Matias g`alaba qozondi. Bu haqda «Segodnya» xabar bermoqda.
Kolumbiya vakilasi tanlovning ikkinchi pog`onasini zabt etgan bo`lsa, tailandlik qiz bronza medalga loyiq deb topildi.
Miss International tanlovi joriy yilda 54-bor o`tkazilib, unga Yaponiya poytaxti mezbonlik qildi.
Tanlovning so`nggi topshirig`iga binoan, ishtirokchi qizlar dunyoda tinchlik zarurligi borasida nutq so`zladi. Mazkur taqdimotda qizlarning odamlarni ishontira olish qobiliyati sinovdan o`tkazildi.





