Shimoliy Qozog`iston viloyatida 70 nafar O`zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus yaxmalak tufayli ag`darilib ketdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar departamenti ma`muriy polisiya boshqarmasi vakillariga asoslanib «Novosti-Kazaxstan» xabar berdi deb yozmoqda daryo.uz.
Qayd etilishicha, Chimkentdan Moskvaga yo`l olgan avtobus Qiziljar tumanidagi Arxangelka qishlog`i yaqinida ag`darilib ketgan. Hech kim halok bo`lmagan. 10 nafarga yaqin engil jarohatlar olganlar shifoxonaga borishni istamagan, ularga voqea joyida tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Barcha yo`lovchilar Arxangelka qishlog`idagi o`rta maktabga olib borilgan hamda ular isinish va ovqatlanish uchun sharoitlar yaratilgan. Yo`lovchilarning deyarli hammasi Chimkentga qaytib ketgan. Yo`l-transport hodisasi yuzasidan ma`muriy ish qo`zg`atilgan.





