Yaponiyaning Nara prefekturasidan topilgan V asrga oid maqbaradan chiqqan shisha likopcha I−IV asrlarda Rim imperiyasi joylashgan hududlardan topilgan shunday idishlar bilan bir xilligi aniqlandi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Shuningdek, Tokio tabiiy fanlar instituti olimlari o`tkazgan rentgen tahlili natijasida 221-651 yillarda hukm surgan Eronning Sosoniylar sulolasi shoh saroyidan topilgan idishlar bilan aynan o`xshash idish topilgani ham aniqlangan.
Institut xabarida aytilishicha, bu Yaponiya hududida topilgan Rim imperiyasidan keltirilgan buyumlarning ilmiy jihatdan isbotlangan ilk namunasidir.





