AsosiySport

Ruslan Chagaev Klichko bilan revansh jang o`tkazish istagida

Professional boksning super og`ir vazn toifasi WBA yo`nalishi sobiq chempioni hamyurtimiz Ruslan Chagaev Vladimir Klichko bilan revansh jangini o`tkazish istagida ekanligini ma`lum qildi, deya xabar bermoqda olamsport.com nashri.

- Klichkoga qarshi revansh jangni xohlayman. O`ylaymanki, bunga erishaman. 2009 yilning yozida o`tgan jangga tayyorlanish uchun menda vaqt bo`lmagandi. Shunga qaramay, unga rozilik bergandim. O`shanda yana bir jang tashkil qilish sharti bilan uni qabul qilganman. Agar menda shunday imkoniyat yuzaga kelsa, unga puxta tayyorlanaman. Klichko bilan jangga jismoniy va ruhiy tarafdan to`g`ri tayyorgarlik ko`rish lozim. Fris Zdunek bosh murabbiyligi, Artur Grigoryanning assistentligi, Timur Dugazovning protouterligi va Ramzan Qodirovning asosiy muxlisim ekanligida qandaydir xatoga yo`l qo`yish haqida o`ylamayman, - deydi Chagaev.

    Boshqa yangiliklar