AsosiySport

O`zbekiston kubogi «Lokomotiv»ga nasib qildi!

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida poytaxtning ikki jamoasi - "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" klublari o`rtasida O`zbekiston kubogi musobaqasining final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Stadionga kelgan minglab muxlislar qarshisida ikki grand klub g`oliblik uchun kurash olib bordi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Garchi, tomonlarda bunga imkoniyat bo`lsa ham. Bir necha marta hujumchilar gollik vaziyatlarni yaratishga muvafaq bo`lishdi. Ammo, himoyachilar o`z vazifalarini yaxshi uddalashdi. Barcha masala qo`shimcha daqiqalarga qoldi.
Asosiy vaqtga qo`shib berilgan daqiqalarda jamoalar oldinga tashlanishdi. Ayniqsa, "Loko"ning hujumlari xavfli tus ola boshladi. Hatto Aleksandr Geynrix ham bir muddatga to`xtamadi va jamoasining deyarli barcha hujumlarida ishtirok etdi.
Qo`shimcha daqiqalarning ikkinchisida maydonga Marat Bikmaev tushirildi. Aytish kerakki, Maratning tajribasi qo`l keldi va nihoyat, hisob ochildi. O`ng qanotda yugurib kelgan Bikmaev to`pni to`xtatib, jarima maydonchasiga ko`tardi. U erda Jasur Hasanov kelayotgan to`pni erga tushirmasdan darvozaga yo`lladi va gol muallifiga aylandi. Stadion hayqiriqlarga to`ldi.
Shu tariqa o`yin 0:1 hisobida yakunlandi va "Lokomotiv" O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.
O`zbekiston kubogi, final
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" — 0:1
Gol: Jasur Hasanov (106)
 

    Boshqa yangiliklar