AsosiyDunyo

Ben Ladenni otib tashlagan harbiy xizmatchi: «Biz o`limga tayyor turgan edik»

Terrorchi Usama ben Ladenni otib tashlagan amerikalik sobiq harbiy xizmatchi Robert O’Nil Fox News kanaliga bergan intervyusida Maxsus operasiyalar kuchlari bo`linmasi a`zolarining yoki o`limga, yoki Pokiston qamoqxonasida uzoq yillik hibsga tayyorlanganini ma`lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Biz u erga borib, ortga qaytib kelmoqchi emasdik. Biz uy portlaganida halok bo`lishga yoki u erda uzoq qolib ketib, natijada pokistonliklar qo`liga tushishga va umrimizning qolgan qismini u erdagi qamoqxonada o`tkazishga tayyorlangan edik», — dedi O’Nil.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchi haqiqatan terrorchini ko`rgan so`nggi kishi bo`lganini ta`kidladi va haligacha bu ishi to`g`ri bo`lgan-bo`lmaganligi haqida o`ylashini aytdi.

Usama ben Laden 2011 yil mayida Pokistonning Abbotobod shahri tashqarisida Amerika maxsus bo`lim xodimlarining operasiyasi chog`ida yo`q qilingan. Ekspertizalar yakunlangach, «Al Qoida» rahbarining jasadi qat`iy maxfiylik sharoitida dengizga dafn qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar