Bugun yangi “Mening yurtim” telekanali o`z faoliyatini boshlashi haqida ma`lumot berib o`tgan edik. Soat 17:00da “MY5” telekanali o`z dasturlarini test rejimida efirga uzatishni boshladi.
Telekanal haftaning dushanbadan jumagacha har kuni efirga uzatiladigan “MY5 News” – yoshlar hayotiga oid xabarlarni o`zida jamlagan.
Shuningdek, ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda kanal ijodkorlari tomonidan “Sirdoshlar”, “Besh ketdim”, “Beshinchi fasl”, “5+5”, “Top dizayner”, “Oshxonada bir kun”, “Beauty Show”, “Kino Life” kabi mualliflik ko`ngilochar, dasturlar va “Xizmat doirasida” tok-shoularini tayyorlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari musiqiy-ko`ngilochar dasturlar telekanalning asosiy efir vaqtini qamrab olgan. Kun davomida o`zbek va xorij musiqasining eng sara kliplari efirga uzatib boriladi.
Demak, mavjud efirni informasion, musiqiy-ko`ngilochar dasturlar, hujjatli film, kino va multfilmlar hamda tijorat dasturlari tashkil etadi.





