AsosiyShou-biznes

Xotira kechasiga kirish 12 ming so`m

Toshkent shahrining Beruniy mavzesidagi «Antikafe»da O`zbekiston xalq artisti Maryam Yoqubovaning 105 yilligiga bag`ishlangan kecha bo`lib o`tadi. Bu haqda Afisha.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, kecha mehmonlarida Maryam Yoqubovaning ajoyib dunyosi bilan tanishish, uni yodga olish va u bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladi. Aktrisa haqida uning qizi Tamara Yoqubova so`zlab beradi.

«Antikafe»dagi ushbu tadbir 13 noyabr kuni soat 18:00da boshlanadi. Kirish – 12 ming so`m.

O`zbekiston xalq artisti Maryam Yoqubova teatr va kinoda 80dan ortiq yorqin obrazlarni yaratgan bo`lib, u «O`tkan kunlar»dagi O`zbekoyim, «Mahallada duv-duv gap» filmidagi Oyposhsha va boshqa rollari bilan tanilgan.

Aktrisa 1987 yil 8 fevral kuni vafot etgan. 2014 yil 19 oktyabr kuni u 105 yoshga to`lgan bo`lardi.

 

    Boshqa yangiliklar