Bugungi kunga qadar Gollivudning mashhur aktrisalaridan biri bo`lmish Kira Naytli o`zining homilador ekanini ommaviy axborot vositalaridan yashirishga urunmoqda, deya xabar beradi 7days.ru nashri.
Biroq uning ko`rinishi, aks holatni tasdiqlayotgani internet nashrlarida e`lon qilinmoqda. Kira Naytli 31 yoshda. U 29 yoshli britaniyalik qo`shiqchi Jeyms Rayton bilan turmush qurgan. Turli film premeralaridagi tadbirlarda ishtirok etayotgan aktrisa barchaning e`tiborini tortmoqda. Naytli homiladorligi haqida rasman e`lon qilmagan, biroq yaqin orada bu ajoyib yangilik haqida barcha bilan bo`lishadi, degan umiddamiz.





