O`zining sho`x va raqsbop qo`shiqlari bilan tinglovchilar qalbidan muqim o`rin egallab borayotgan Munisa Rizaeva yaqinda “Ota-ona” taronasini taqdim etgan edi.
Ushbu qo`shiq qisqa fursatda tinglovchilar o`rtasida ommalashib ketdi. Shu sababdan bo`lsa kerak, ayni damda xonanda mazkur taronasi uchun klipmeyker Mansur Vasati bilan hamkorlikda videoklip suratga tushirish harakatida.





