"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona" hujumchisi Lionel Messini haqorat qilgani haqidagi gaplarni inkor etib chiqdi.
"Yangiliklarda aytilishicha, go`yoki men Lionel Messining sha`niga haqoratli gaplarni aytgan ekanman. Bu mutlaqo yolg`on bo`lib, ishonchim komilki, mening advokatim bu borada tegishli choralarni ko`radi. Bu bo`htonni tarqatgan odam javob beradi.
Men barcha hamkasblarimga hurmat bilan qarayman va tabiiyki Messi ham bu borada istisno emas", - deydi Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o`tamiz, jurnalist Gilem Balage Krishtianu Ronaldu Lionel Messini yoqtirmasligi va uni nojoiz gaplar bilan haqorat qilishini xabar berib o`tgan edi.
Manba: www.championat.com





