AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda Amerika — O`zbekiston savdo palatasi Raisini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11 noyabr kuni Oqsaroyda Amerika — O`zbekiston savdo palatasining (AO`SP) navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan AO`SP Raisi Kerolin Lemmni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

AQShning etakchi kompaniya va firmalari vakillari delegasiyasining O`zbekistonga bu galgi tashrifi Amerika biznesining O`zbekistonga qiziqishi ortib borayotganidan, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishidan dalolat beradi.

Davlat rahbari mehmonni O`zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, Amerika — O`zbekiston savdo palatasi 20 yildan ziyod vaqt davomida O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni rivojlantirishga ko`maklashib kelayotganini ta`kidladi.

Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi Raisi Kerolin Lemm. Foto: O‘zA

Amerika — O`zbekiston savdo palatasi Raisi Kerolin Lemm. Foto: O`zA

Ayni paytda ushbu nohukumat notijorat tashkilotga Amerikaning «Boing», «Jeneral Motorz», «Jeneral Elektrik», «Xaniuell», «Rio Tinto», «Seppelin», «Lokxid Martin», «Merk», «Uayt end Keys», «Solar Turbinz», «EfEmEn Interneshnl» kabi 17 etakchi kompaniyasi a`zodir.

Kerolin Lemm Islom Karimovga samimiy qabul va Amerika — O`zbekiston savdo palatasi faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda iqtisodiyot va investisiyalar sohasidagi o`zaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari bo`yicha ham fikr almashildi.

Muzokara yakunida O`zbekistonni global biznes sohasida etakchi mamlakat sifatida rivojlantirish yo`lidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimovga «Billur globus» taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar