Liberiya Ebola kasalligiga chalinish ko`rsatkichi pasayganligi qayd etildi. Mamlakatning shimolida kasalxonada ushbu kasallik bilan tushganlar deyarli qolmadi. Bu haqda “Chegarasiz shifkorlar” xalqaro assosiasiyasi xabar qilgan. Biroq tibbiyot xodimlari bu epidemiya tugaganligini bildirmasligini ta`kidlashgan.
TASSning xabar berishicha, Liberiya poytaxti Monroviya kasalxonasida 250 o`rindan 50tasi Ebola bilan og`riganlar bilan band.
Liberiya boshqa mamlakatlarga qaraganda ko`proq odam Ebolaga chalingandi. U erda 6600 odam zararlangan va 2766 kishi vafot etdi.





