Fransuz hukumati Sent-Mari-de-la-Mer shahridagi plyajlardan birini sohilga chiqib qolgan ulkan kitning tanasi portlash xavfi sabab yopib qo`ydi.
Endi mahalliy hukumat ushbu ulkan qoldiqni qanday qilib yo`q qilish ustida bosh qotirishlariga to`g`ri keladi. Ularning vaqti unchalik ko`p emas, chunki buzilib borayotgan tana xuddi bomba kabi xavflidir. U har soatdan portlab ketishi mumkin. Borgan sayin kattalashib bormoqda.
Fransuz nashri The Localning yozishicha, kit tanasi o`lik holda sohilga chiqib qolgan. Bu voqea noyabrning boshlarida sodir bo`lgan edi.





