Nyu-Yorkda yashovchi Eleanor Kanningem 100 yoshga to`lishi munosabati bilan 2,7 kilometr balandlikdan parashyutda sakradi, deb yozmoqda uz24.uz.
Uning shaxsiy shifokori bunday sakrashga yuz foiz tayyor bo`lganini va hozir ham o`zini juda yaxshi his qilayotganini aytgan. Ayolning parvoziga instruktor yordam bergan.
Bundan avval Eleanor 90 yoshini ham parashyutdan sakrab nishonlagan edi. Shundan buyon u har 5 yilda osmonga parvoz qilishga qaror qilgan. Endi 105 yoshida to`rtinchi marta sakrashni rejalashtirgan.
100 yoshli ayolning ayni vaqtda 5 farzandi, 15 nevarasi, 26 evarasi va 2 chevarasi bor. “Men qarimayman, chunki doim yoshlar qurshovidaman”, deydi u.
Eleanor Kanningemdan tashqari, AQShning sobiq prezidenti J.Bush ham o`z yubiley sanasini parshyutda sakrab nishonlagan edi.
Manba: vesti.ru





