AsosiyJamiyat

Ijtimoiy media-mahsulotlar VI Milliy festivaliga teleradiomahsulotlar qabuli boshlandi

O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasi “Sog`lom bola yili” Davlat dasturining 116-bandi doirasida Ijtimoiy media-mahsulotlar VI Milliy festivaliga teleradiomahsulotlar qabuli boshlanganligini ma`lum qiladi.

Unda Assosiasiyaga a`zo hududiy telestansiyalar hamda nodavlat radiostansiyalar ijodkorlari ishtirok etishlari mumkin.

Festivalda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha g`olib va sovrindorlar aniqlanadi:

- “Sog`lom bola yili”ga bag`ishlangan ijtimoiy media-mahsulot;

- Huquqiy madaniyat va savodxonlikni targ`ib qilish;

- Insonparvarlik va mehr-muruvvat;

- Zararli odatlarga qarshi kurash.

Arizalar joriy yilning 25 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Topshirilgan materiallarning eng saralari  festivalning final bosqichida ishtirok etadi nodavlat teleradiostansiyalar orqali doimiy ravishda efirga uzatiladi.

Telemahsulotlar DVD formatda, radiomahsulotlar AVI formatda H.Olimjon maydoni, Poytaxt biznes majmuasi, g`arbiy tomon, 4-yo`lak, 2-qavatda qabul qilinadi.

Murojaat uchun aloqa telefoni: 237 28 30, 230 59 88

Festival haqida to`liq ma`lumot va arizaning elektron shaklini Assosiasiyaning www.naesmi.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar