AsosiyDunyo

Keksayish jarayonini tezlashtiradigan mahsulotlar nomlari e`lon qilindi

AQShdagi Yuta universiteti Tibbiyot fanlari markazi olimlari insonning keksayish jarayonini tezlashtiradigan mahsulotlarni aniqladi, deb xabar bermoqda «Segodnya».

Tadqiqot natijalariga ko`ra, gazlangan ichimliklar, qayta ishlangan go`sht (kolbasa, sosiska), qizil go`sht (steyk, gamburger), alkogol mahsulotlari inson qarishi jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi ma`lum bo`lgan.

Ushbu mahsulotlar DNK to`qimalarini turli zararlardan asrovchi xromosomalarning yakuniy qismlarini o`zgartirish orqali inson umri qisqarishiga sabab bo`lishi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar