AsosiySport

Karlos Teves: "Mening davrim keldi"

"Yuventus" hujumchisi Karlos Teves Argentina terma jamoasining Xorvatiya va Portugaliga qarshi uchrashuvlariga chaqiruv oldi.

30 yoshli futbolchi termaning sobiq ustozi Alexandro Sabelya bilan nizo tufayli uch yil terma jamoaga chaqirilmadi.

"Men ahmoq emasman. Avval terma jamoaga aytish uchun vaqt kelganligini his qilmagan edim. Endi shunday vaqt keldi. Faoliyatimning bu davrida ushbu taklifni yoqimli bonus sifatida ko`ryapman.

Messi bilan munosabatim? U dunyoda birinchi raqamli o`yinchi, buni avval ham ko`p ta`kidlaganman. Bunday futbolchi bilan birga to`p surish hamma uchun yoqimli bo`ladi", - deydi Teves.

Manba: sport-express.ru

    Boshqa yangiliklar