AsosiySport

Avstraliya-2015. Osiyo kubogi musobaqasiga 60 kun qoldi!

Vaqtning tez o`tishini qarang! Yaqindagina O`zbekiston milliy terma jamoasi Braziliyada o`tadigan Jahon chempionati saralashida muvaffaqqiyatli ishtirok etayotganini birgalikda kuzatayotgandik. U kunlar ham o`tdi...
Keyin kutilmaganda, termamiz mundial imkonini yo`qqa chiqardi. Qalbimizda bir og`riq bilan o`sha kunlarni ham o`tkazdik. Futboldan yoki termamizdan "sovib" ketmadik. Aksincha, yanada jipslashib, termamiz atrofini kuzata boshladik, kerak bo`lsa, tanqid qildik. Qandaydir, yangiliklar bo`lishiga umid qildik. Qilyapmiz, ishonyapmiz...
Mana bugun esa, noyabr oyining 11-sanasiga etib kelibmiz.

Yana rosa 60 kundan keyin Avstraliya qit`asida Osiyo kubogi-2015 musobaqasi start oladi. To`g`ri, ushbu musobaqaga xuddi to`rt yil burun Qatardagi kabi qarashimiz ham mumkin edi. Unga oddiy musobaqalar singari e`tibor qaratishimiz ham mumkin edi. Yo`q, unday qila olmaymiz. Bunisi baribir boshqacha. Go`yoki, mundialdan qolib ketganimiz alami yuviladi yoki futbolimiz rivoji shu Kubokka qarab qolgandek tuyulaveradi.
Negadir, ko`pchilik yanvar oyida Mirjalol Qosimov shogirdlaridan kamida finalga chiqishni kutmoqda. Boshqasi, yaralarga malham bo`lmaydi, go`yo.
Agar guruhimizdan chiqa olsak, pley-offda bizni "A" guruhi etakchilari (agar guruhdan chiqishsa) Avtraliya yoki Janubiy Koreya termalari kutib turgan bo`ladi. JCh-2014 saralashi va Qatar-2011 yarim final alamini olish imkoni bo`ladi, shunda. Lekin, ungacha biz guruhda chiqishimiz kerak. Barcha raqiblarimizni ortda qoldirishimiz kerak. Bu masalaning birinchi jihati.
Ikkinchi jihati bo`lsa, bu termamiz hozir oltin avlodga ega. Ha, kim nima desa desin, O`zbekiston termasi yaqin 15 yil ichidagi eng kuchli tarkibga ega. Ulardan bemalol g`oliblikni kutishga haqqimiz bor.keyingi kuchli terma shakklanishi uchun yana kamida 3-5 yil kerak bo`ladi. Buni ko`ryapmiz...

Umid qilamiz, futbolchilarimiz hammamizning ishonchimizni oqlashadi.

Manba: www.uff.uz   

    Boshqa yangiliklar