Pokiston janubida sodir bo`lgan yo`l falokati natijasida halok bo`lganlar soni ortmoqda. Xabar berilishicha, 56 nafar odam vafot etgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Yana 25 kishi turli darajadagi jarohat olgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan ularning uch nafarining ahvoli jiddiyligini ta`kidlanmoqda.
TASSning ma`lumotiga ko`ra, falokat Sind provinsiyasining Sukkur okrugida Teri shossesida sodir bo`lgan. Karachiga qarab yo`nalgan sayyohlar avtobusi trassaning tor joyida mashinani quvib o`tishga uringan va boshqaruvni yo`qotgan. Natijada yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan.
Avvalroq, falokat natijasida 29 kishi halok bo`lganligi xabar qilingan edi.





