AsosiyJamiyat

Marg`ilonlik fuqaro qayinukasiga o`tkir tig`li jism bilan jarohat etkazdi

Marg`ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro noma`lum sabab bilan qayinukasining uyiga bordi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Postda» nashri.

Fuqaro qayinukasinikida o`zaro janjal chiqarib, u bilan mushtlashib ketdi. Oxiri marg`ilonlik zo`ravon pochcha qarindoshiga o`tkir tig`li jism bilan jarohat etkazdi. Jabrlanuvchi tezda shifoxonaga yotqizildi.

Zo`ravon IIBga olib kelindi. Endi u qilmishi uchun qonun oldida javob berishga majbur, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar