AsosiySiyosat

Prezident gidroponika usulidagi issiqxonani ko`zdan kechirdi

'Prezident gidroponika usulidagi issiqxonani ko`zdan kechirdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Xovos tumanidagi “Gran ruta de la seda” korxonasining gidroponika usulidagi issiqxonasini ko`zdan kechirdi, deb xabar berdi Prezident matbuot ximati.

Xovos tumanining eri sho`r, ekinlardan yuqori hosil olish qiyin. Shu bois bu erda gidroponika usulida issiqxonalar barpo etilmoqda. Bunday issiqxonalar suvni tejashi, hosildorligi bilan ajralib turadi.

Mutaxassislarning fikricha, oddiy usulda etishtirilayotgan pomidor ko`chatlaridan 3 kilogramm hosil olinsa, gidroponika usulida hosildorlik 12 kilogrammni tashkil etadi. Ekinlarning pishib etilishi 25-30 kunga qisqaradi.

Mazkur issiqxonalarda Gollandiyadan serhosil pomidor va bodring navlari keltirib, ekilgan. Ayni paytda bu mahsulotlar gidroponika usulida etishtirilmoqda. Bu erdagi barcha jarayon to`liq avtomatlashtirilgan.

Gidroponika usulidagi issiqxonada Koreya Respublikasidan zamonaviy jihozlar keltirib o`rnatildi. Issiqxonadagi harorat, o`simlikning suv va ozuqaga talabi chuqur tahlil orqali aniqlanadi. Turli minerallar bilan boyitilgan suv tomchilatish usulida o`simlik ildiziga etkaziladi.

Dastlab 2017 yilda 1 gektar maydonda issiqxona qurilib, 18 ta yangi ish o`rni yaratildi, 1,5 milliard so`mlik pomidor etishtirildi. 2018-2019 yillarda yana 9 gektar issiqxona ishga tushirildi. Ish o`rinlari 120 taga etdi.

Umumiy maydoni o`n gektar bo`lgan issiqxonada yiliga 1 ming 500 tonna pomidor etishtiriladi. Shuningdek, 2 million dollarlik qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilish ko`zda tutilgan.

Korxona tomonidan joriy yilning uchinchi choragida yana 10 gektar issiqxonani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada 1,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 100 ish o`rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoev bunday issiqxonalarni kengaytirish, mahsulot etishtirish uchun zarur materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar