O`zbekiston TIV Rossiya poytaxti Moskva shahrida 17 fevral kuni O`zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan fojia bo`yicha rasmiy bayonot berdi.
“O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2019 yilning 17 fevral kuni Moskva shahrida mamlakatimiz fuqarolari ishtirokida sodir bo`lgan hodisa oqibatida jarohat olganlardan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi kasalxonada vafot etgan. Tergov qo`mitasining Moskva shahri bo`yicha Bosh boshqarmasi tomonidan Rossiya federasiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida (qasddan sog`likka o`limga olib keluvchi og`ir jarohat etkazish) asosida jinoyat ishi ochildi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan O`zbekiston fuqarolari:
1. Nusratov Nodirbek G`ulomqodirovich, 1989 yil 29 oktyabrda tug`ilgan;
2. Nusratov Otabek, 1987 yil 24 oktyabrda tug`ilgan.
Elchixona konsullik bo`limi Rossiyaning tegishli idoralari bilan aloqa o`rnatdi va vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Moskvada 10 nafar O`zbekiston fuqarolari ishtirokida bo`lib o`tgan mushtlashuv oqibatida 2 kishi qurbon bo`lgani haqida xabar qilgan edi.






