AsosiyJamiyat

Prezident qarori: O`zbekistonda bolalar-o`smirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi

'Prezident qarori: O`zbekistonda bolalar-o`smirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-2020 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o`smirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi.

Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko`paytirish bo`yicha innovasion seleksiya-genetika markazi tashkil etildi.

Bolalar-o`smirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi.

2019 yilda ot sporti bo`yicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalari o`tkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ippoterapiya uslubi (otda yurish orqali fizioterapevtik davolash) yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar