Bugun o`zbek futbol jurnalistikasi faxriysi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, "Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, Xalq ta`limi a`lochisi, taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo`jaev 83 yoshni qarshiladi.
Axbor Imomxo`jaevning o`zbek futboli rivojiga qo`shgan hissasini so`z bilan ta`riflash mushkul.
Bu inson o`zbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi. Jumladan, Axbor Imomxo`jaev qalamiga mansub bo`lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O`zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o`qib kelmoqda.
O`zbekiston futbol Assosiasiyasi Axbor Imomxo`jaevni qutlug` 83 yoshi bilan muborakbod etadi. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar e`tiborida bo`lib, shogirdlarni tarbiyalab yurishini tilaydi!






