AsosiyJamiyat

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi

'Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi'ning rasmi

Soliq islohotlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida, yalpi pasportlashtirish (Ko`zdan kechirish hamda so`rov o`tkazish) tadbirlari boshlangan.

Ushbu tadbirlar xo`jalik sub`ektlarini tekshirish bilan umuman bog`liq bo`lmasdan, asosiy maqsad tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun ko`mak va maslahat berishdan iborat.

Tadbirkorlik sub`ektlariga nisbatan hech qanday ma`muriy va moliyaviy jarimalar qo`llanilmaydi va mavjud tushunmovchiliklar hamda kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.

Mazkur tadbirlarga 2 558 nafar davlat soliq xizmati organi xodimlari jalb etilib, dastlabki ikki kuni davomida 19 032 ta ob`ektlar ko`zdan kechirilgan.

Natijada:

- 5 651 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoyalanishlari uchun ish beruvchilar bilan munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari;

- 2 254 nafar jismoniy shaxslarga davlat ro`yxatidan o`tib, tadbirkorlik bilan shug`ullanishlari;

- 3 968 ta ob`ekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspeksiyalarida ro`yxatga qo`yishlari va 875 ta mol-mulk ob`ekti va er maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida ro`yxatdan o`tkazishlari to`g`risida profilaktik suhbat vaogohlantirishlar berilgan.

    Boshqa yangiliklar