Albaniyada muxolifat tarafdorlari Bosh vazir Edi Ramaning iste`fosini talab qilishmoqda, deya ma`lum qildi Trend nashri.
Hozirda ko`chalarda minglab namoyishchilar to`planib, siyosatchining qarorgohiga kirishga urinishmoqda. Namoyishchilar polisiya to`sig`ini yorib o`tishgan va bino eshiklarini sindirishgan. Huquqni muhofaza qilish xodimlari namoyishchilarga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`lishmoqda. Namoyishchilarning fikricha, Edi Rama uyushgan jinoyatchilikka aloqadordir.






