Fransiyaning Lion shahrida “sariq jiletlar” harakati tomonidan polisiya mashinalariga hujum uyushtirildi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Namoyishchilarni tarqatish va vaziyatni bartaraf etish uchun borgan bir nechta polisiya mashinalari aksiya ishtirokchilari tomonidan toshbo`ron qilindi. Jarohatlar va qurbonlar haqida rasmiy ma`lumotlar yo`q. Hududga etib kelgan qo`shimcha yordam guruhi hujumda ishtirok etgan 23 kishini qo`lga oldi.






