Venesuela yaqin kelajakda neft sanoati orqali o`z iqtisodiyotini tiklab olishga erishishga umid qilmoqda, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Muxolifat siyosatchi Xuan Guaydoning ta`kidlashicha, mamlakatda neft qazib olish hajmini oshirish zarur.
“O`tgan oyning o`zida mamlakatni ko`plab neft sanoati sohasida ishlaydigan mutaxassislar tark etdi. Bu holatning oldini olib, bor imkoniyatni ishga solishimiz kerak”, deydi Guaydo. U “qora oltin” jamiyatning yangi imkoniyati ekanligiga katta ishonch bildirmoqda.






